Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

134-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish

(134-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан 1¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo'lsa; 1¹) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko'rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo'lsa; 2) o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo'lib, ularning ayrimlari ma'muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo'lsa; 3) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo'lmasa; 5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo'lsa; 6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa, davlat boji to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o'zaro bog'lanmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo'lsa; 8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish to'g'risida arizachidan ariza kelib tushgan bo'lsa; 9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa. Arizani (shikoyatni) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.