Arizachi ishni birinchi instantsiya sudida ko'rish chog'ida ishning mazmunan ko'rilishi yakuni bo'yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o'zgartirishga haqli.
Arizachi ishni har qanday instantsiya sudida ko'rishda ishni ko'rish yakuni bo'yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan to'liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda o'zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud, shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonunchilikka zid bo'lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko'radi.
Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o'zgartirishni, arizachining ariza (shikoyat)dan to'liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o'zgartirish, ariza (shikoyat)dan voz kechish
(136-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.