Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

133-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

(133-модда биринчи қисмининг 1 ва 2-бандлари Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) ish ma'muriy sudga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo'lmasa; 2) ma'muriy sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimi mavjud bo'lsa; 3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo'lsa. Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.