Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324²⁹-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish

Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan protestni qaytarib olish huquqi protest keltirgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. O'ziga nisbatan sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori chiqarilgan shaxs o'z advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli. Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o'zining taftish tartibida berilgan shikoyatini faqat ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olishga taftish instantsiyasi sudi alohida xonaga kirguniga qadar yo'l qo'yiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Taftish tartibida (apellyatsiya, kassatsiya, nadzor) berilgan shikoyat yoki protestni bergan shaxs uni istalgan vaqtda qaytarib olishi mumkin. Bu shikoyatni to'liq yoki qisman rad etish demakdir. Shikoyatni qaytarib olish sudning qarorini o'zgartirishdan voz kechishni anglatadi. **Kimga tegishli** Shikoyatni qaytarib olish huquqi: shikoyat bergan shaxs, prokuror, advokat va qonuniy vakil (agar tortilgan shaxs roziligi bor bo'lsa). **Amalda** Agar siz sudga taftish shikoyatini berdingiz, lekin keyin fikringizni o'zgartirsangiz, uni qaytarib olishingiz mumkin. Lekin bu faqat sud alohida xonaga kirgunga qadar qilish kerak. Qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ish materiallari ichiga qo'yiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.