Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324³-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari

Birinchi instantsiya sudining ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaror o'qib eshittirilgan kundan e'tiboran o'n sutka ichida, o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko'chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko'chirma nusxalar olingan kundan e'tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o'tkazib yuborilgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning o'tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o'tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo'lib, bu haqda ajrim chiqariladi. Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.