O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o'rinbosarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni tekshirish uchun suddan taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bo'yicha talab qilib olishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari taftish tartibida protest keltirish to'g'risidagi masalani hal etish uchun ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni talab qilib olish uchun ushbu Kodeksning 324²⁴-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlari sabab bo'ladi.
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha bo'lgan muddatda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324²⁸-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish va shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko'rib chiqish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.