Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324²⁷-modda. Taftish tartibida beriladigan shikoyatning (protestning) mazmuniga quyiladigan talablar

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida ko'radigan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqei, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri to'g'risidagi ma'lumotlar; 3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror chiqarilgan sana, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudining nomi; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga ko'ra qarorning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligi to'g'risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shikoyat (protest) bergan shaxs o'z talablarini asoslayotgan dalillar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro'yxati; 7) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.