«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

37-modda. Axborotning maxfiyligi

(37-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar o'z qarz oluvchilari (mijozlari) hamda kreditorlarining moliyaviy operatsiyalariga doir axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikromoliya tashkilotining, faktoring tashkilotining va lombardning boshqaruv organlari a'zolari, shuningdek xodimlari nobank kredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining (mijozlarining) operatsiyalariga, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalarga doir sirni saqlashi shart. Konfidentsial axborot o'ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ushbu axborot o'ziga ma'lum bo'lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Mikromoliya tashkilotlariga faktoring tashkilotlariga va lombardlarga nisbatan bank siri to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.