Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar o'z iste'molchilarining (mijozlarining) shikoyatlarini ko'rib chiqish tartib-taomilini belgilovchi tartibga ega bo'lishi shart.
Iste'molchilarning (mijozlarning) shikoyatlari og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo'lishi mumkin va ular mikromoliya tashkilotiga yoki lombardga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kundan oshmagan muddatda, qo'shimcha o'rganish, tekshirish va (yoki) qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqilib, javob yozma shaklda berilishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar iste'molchilarning (mijozlarning) shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Shikoyatlarni qabul qilishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
36-modda. Shikoyatlarni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.