Mikromoliya tashkiloti o'z faoliyatini «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish ishtirokchilar (aktsiyadorlar) umumiy yig'ilishining qaroriga asosan qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish va o'zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti bo'lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda yangidan vujudga keladigan mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti majburiyatlarga huquqiy voris bo'lishda va (yoki) qayta tashkil etilayotgan mikromoliya tashkiloti yoxud faktoring tashkiloti ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan faoliyatni amalga oshirgan taqdirda prudentsial normativlarga rioya etishi kerak.
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
38-modda. Nobank kredit tashkiloti faoliyatini o'zgartirishning, uni qayta tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari va nobank kredit tashkilotini tugatish
(38-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.