Lombardning faoliyati boshlanganligi to'g'risidagi xabarnoma lombard davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda, elektron platforma orqali yuborilishi kerak:
lombardning ishtirokchilari (aktsiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi ma'lumotlar;
lombardning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun uning ishtirokchilari (aktsiyadorlari) tomonidan kiritilgan mablag'larning manbalari haqidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot;
lombardning rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlar.
Lombard norezidentlar tomonidan tashkil etilganda yoki uning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda ushbu Qonun 20-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli hujjatlar mazkur moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi to'g'risidagi xabarnoma lombard nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo'lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Lombard Markaziy bankka faoliyatni boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborganda qonunchilik hujjatlarida o'z faoliyatini amalga oshirish bo'yicha belgilangan talablarga va shartlarga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi to'g'risida xabarnoma yuborganlik uchun yig'im undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
23-modda. Lombardning faoliyati boshlanganligi to'g'risida xabardor qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.