«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

24-modda. Nobank kredit tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni reyestrdan chiqarish

(24-модда биринчи қисмнинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Nobank kredit tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan, faktoring tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan (bundan buyon matnda tegishli reyestr deb yuritiladi) chiqarish to'g'risidagi qaror Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinadi: nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonunda taqiqlangan va (yoki) nazarda tutilmagan faoliyat amalga oshirilganda; mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti o'zi haqidagi ma'lumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan yoki faktoring tashkilotlari reyestridan chiqarish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etganda, shuningdek Markaziy bank lombardning faoliyati tugatilganligi haqida xabarnoma olganda; Tadbirkorlik sub'yektlari yagona davlat reyestriga nobank kredit tashkilotining faoliyati tugatilganligi haqida yozuv kiritilganda; mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirilganda; nobank kredit tashkiloti to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolganda (kreditorlarning talablarini ularni bajarish muddatlari boshlangan kundan e'tiboran uch oy ichida qanoatlantirishga qodir emasligi va (yoki) majburiyatlarning aktivlardan oshib ketganligi); Markaziy bankning nazoratga doir vazifalarini bajarishga to'sqinlik qilinganda; ayrim operatsiyalarni amalga oshirish bo'yicha cheklovlarning amal qilish davrida nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu operatsiyalar amalga oshirilganda; ariza beruvchi hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun yoki lombardning faoliyati boshlanganligi to'g'risidagi xabarnomada soxta hujjatlardan foydalanganda — sud qaroriga asosan. Markaziy bank quyidagi hollarda nobank kredit tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilishga haqli: ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan talablar bajarilmaganda; ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan faoliyat ketma-ket olti oydan ortiq vaqt davomida amalga oshirilmaganda; lombard faoliyatini amalga oshirishi uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to'g'risida yolg'on yoki ishonchsiz axborot berilganda. Markaziy bank nobank kredit tashkiloti haqidagi ma'lumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilgan kundan e'tiboran bir ish kuni ichida bu haqda nobank kredit tashkilotini xabardor qiladi va qabul qilingan qaror to'g'risidagi axborotni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qiladi. Nobank kredit tashkiloti o'zi haqidagi ma'lumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish to'g'risida Markaziy bankning xabarnomasini olgan sanadan e'tiboran yangi xizmatlar ko'rsatishga haqli emas. Nobank kredit tashkiloti o'zi haqidagi ma'lumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish to'g'risida Markaziy bank tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin o'ttiz kun ichida o'z firma nomidan «mikromoliya tashkiloti», «faktoring tashkiloti», «ipotekani qayta moliyalashtirish», «lombard» degan so'zni yoki so'z birikmalarini, shuningdek «MMT» degan qisqartirma so'zni hamda «kafolatlar berish» degan so'z birikmasini (mavjud bo'lganda) chiqarib tashlashi yoxud faoliyatni tugatish yoki qayta tashkil etish natijasida tugatish to'g'risida qaror qabul qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.