Hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi va (yoki) ularda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi;
ariza beruvchining ishtirokchilari (aktsiyadorlari) tarkibida ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning mavjudligi;
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchining ustav fondi (ustav kapitali) ushbu Qonunning 17-moddasi talablariga muvofiq emasligi;
norezident bo'lgan yuridik shaxs nazorat qilish organining hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi tavsiyasi mavjudligi;
ariza beruvchining hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi.
Hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etish haqidagi xabarnoma (bundan buyon matnda rad etish to'g'risidagi xabarnoma deb yuritiladi) ariza beruvchiga rad etish asoslari ko'rsatilgan holda, hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hisob ro'yxatidan o'tkazish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xabarnomada ariza beruvchi rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ham ko'rsatilishi kerak. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi, biroq o'n ish kunidan kam bo'lmasligi kerak.
Hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko'rib chiqish hujjatlar olingan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko'rib chiqish chog'ida rad etish to'g'risidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan takroran taqdim etilgan taqdirda, Markaziy bank ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida ular ko'rib chiqilmasligi to'g'risida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Quyidagi hollardan biri yuzaga kelgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish yoki kafolatlar berish tashkiloti o'z firma nomidan «mikromoliya tashkiloti», «faktoring tashkiloti», «ipotekani qayta moliyalashtirish» degan so'z birikmalarini, shuningdek «MMT» degan qisqartirma so'zni hamda «kafolatlar berish» degan so'z birikmasini (mavjud bo'lganda) chiqarib tashlashi yoki faoliyatni tugatish haqida yoxud qayta tashkil etish natijasida tugatish to'g'risida qaror qabul qilishi shart:
hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan taqdim etilganligi munosabati bilan ular takroran ko'rib chiqilmasligi haqida Markaziy bankning xabarnomasini olganda;
hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlar takroran ko'rib chiqish uchun rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddatda taqdim etilmaganda;
hisob ro'yxatidan o'tkazish ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida ko'rsatilgan asos bo'yicha rad etilganda.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
22-modda. Hisob ro'yxatidan o'tkazishni rad etish
(22-модда еттинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.