«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

21-modda. Hujjatlarni ko'rib chiqish va hisob ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish tartibi

(21-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Ariza beruvchi tomonidan hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda Markaziy bank tomonidan ko'rib chiqiladi. Boshqa hollarda Markaziy bank ular olingan kundan e'tiboran besh kun ichida ariza beruvchiga hujjatlar ko'rib chiqilmasligi haqida xabarnoma yuboradi. Mazkur xabarnomada ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlar ro'yxati ham ko'rsatiladi. Hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqqanlik uchun yig'im undirilmaydi. Hisob ro'yxatidan o'tkazish yoki hisob ro'yxatidan o'tkazishni asoslantirilgan holda rad etish to'g'risidagi qaror hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlar olingan kundan e'tiboran o'n besh ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi. Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti norezidentlar tomonidan tashkil etilgan hollarda mazkur muddat o'n ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish davrida ularda ko'rsatilgan ma'lumotlar o'zgargan taqdirda, ariza beruvchi bu haqda zudlik bilan Markaziy bankni xabardor qilishi va yangilangan hujjatlarni o'zgartishlar yuzaga kelgan paytdan e'tiboran uch ish kuni ichida taqdim etishi kerak. Bunda hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish muddati o'n ish kuniga uzaytiriladi. Ariza beruvchiga hisob ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi xabarnoma hisob ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi. Hisob ro'yxatidan o'tkazish haqidagi axborot hisob ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kuni ichida Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.