«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

20-modda. Hisob ro'yxatidan o'tish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

(20-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob ro'yxatidan o'tish uchun ular davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi. ariza beruvchining firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek uning bank hisobvarag'i rekvizitlari ko'rsatilgan arizani; ariza beruvchining ishtirokchilari (aktsiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni; uning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kiritilgan mablag'larning manbalari to'g'risida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni; ariza beruvchining rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlarni. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit va investitsiya siyosatini, tavakkalchiliklarni, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosatini belgilovchi hujjatlarni; namunaviy bosh kredit shartnomasining (qayta moliyalashtirish shartnomasining) loyihasini; keyingi uch yilga mo'ljallangan biznes-rejani. Norezidentlar tomonidan mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish chog'ida yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: yuridik shaxsni nazorat qilish organining mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish uchun yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish uchun ruxsatnoma berilganligi to'g'risidagi yozma tasdig'i yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tasdiqnoma yoki uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ mavjud emasligi to'g'risida yuridik shaxsning tasdiqnomasi; auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotlar — yuridik shaxslar ishtirok etgan taqdirda; oxirgi ikki yil uchun daromadlar haqidagi deklaratsiya — jismoniy shaxslar ishtirok etgan taqdirda. Norezidentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar norezident bo'lgan yuridik shaxs ro'yxatdan o'tgan yoki norezident bo'lgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatdagi O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, norezident bo'lgan yuridik shaxs ro'yxatdan o'tgan yoki norezident bo'lgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi yoki mazkur mamlakatning O'zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoxud diplomatik vakolatxonasi tomonidan tasdiqlanadi, keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanadi. Markaziy bank ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlarning shakli va mazmuniga talablar belgilashga, shuningdek tegishli vakolatli organlardan ariza beruvchini hisob ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha hujjatlarni so'rab olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.