Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko'rib chiqiladi:
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari bo'yicha komissiya tuzilmagan bo'lsa;
2) mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat'i nazar, ishga tiklash to'g'risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari ta'rifini o'zgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq to'lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to'lash to'g'risidagi;
3) xodimga mehnatda mayib bo'lganligi yoki kasb kasalligi tufayli yetkazilgan ziyonning o'rnini yoxud xodimning mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi;
4) ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi;
5) ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi;
6) ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan;
7) xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o'rtasida yuzaga keladigan;
8) o'zini mehnat qilish va mashg'ulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning;
9) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash haqidagi.
Yakka tartibdagi mehnat nizolari, ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilganlaridan tashqari, xodimning xohishiga ko'ra, bevosita sudlarda ham ko'rib chiqiladi.
Xodimning arizasini ko'rib chiqishni yakka tartibdagi nizo mehnat nizolari bo'yicha komissiyada ko'rib chiqilmaganligiga asoslangan holda rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
558-modda. Bevosita sudda ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.