Mehnat kodeksi

559-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko'rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi

(559-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

Quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko'rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega: 1) xodim yoki kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo'linmalari va boshlang'ich kasaba uyushmalari tashkilotlari; 2) Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari; 3) ish beruvchi, u mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qaroridan norozi bo'lganda, shuningdek o'ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash haqidagi nizolar bo'yicha; 4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari; 5) prokuror.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.