Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning a'zolari bo'lgan xodimlarga nisbatan ular o'z vakolatlarini amalga oshirayotgan davrda tarif stavkasini (maoshni) pasaytirishga va ish beruvchining tashabbusiga ko'ra mehnat shartnomasini bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi, bundan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yakka tartibdagi mehnat nizosini bevosita ko'rib chiqish va ishni ko'rib chiqishga tayyorlash davrida mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning a'zolari bo'lgan xodimlar o'rtacha ish haqi saqlangan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
557-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning a'zolari uchun kafolatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.