Mehnat kodeksi

452-modda. Masofadan turib ishlash

Masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo'lgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki ob'yektdan tashqarida bajarishdan iborat bo'lib, bunda mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bog'liq masalalar bo'yicha ish beruvchi bilan xodim o'rtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish shart bo'ladi. Masofadan turib ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi ushbu paragrafda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi. Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi mumkin: xodimni ishga qabul qilishda; xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o'tkazilgan taqdirda ish jarayonida. Muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o'tkazilishi mehnat shartlarining o'zgarishidir. Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o'tkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi o'zgarsa, boshqa ishga o'tkazish hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.