Mehnat kodeksi

453-modda. Doimiy va vaqtincha masofadan turib ishlash

Ish beruvchi bilan: mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ishni bajarishning butun vaqti davomida masofadan turib ishlash to'g'risida nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi; ish beruvchining nazorati ostida bo'lgan statsionar ish joyidan tashqarida doimiy asosda ishlash haqidagi shartni o'z ichiga olgan mehnat shartnomasiga doir qo'shimcha kelishuv tuzgan shaxslarning ishi doimiy asosda masofadan turib ishlashdir. Vaqtincha masofadan turib ishlash xodim tomonidan mehnat vazifasini uning roziligi bilan ish beruvchining nazorati ostida bo'lgan statsionar ish joyidan tashqarida vaqtincha bajarilishini nazarda tutuvchi ish rejimidir. Vaqtincha masofadan turib ishlashda mehnat shartnomasi taraflarining roziligi bilan masofadan turib ishlash rejimining muddati shart qilib ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Masofadan turib ishlash rejimining muddati quyidagilar vositasida aniqlanishi mumkin: kun, oy va boshqa muddatlarda masofadan turib ishlashning umumiy muddati davomiyligini ko'rsatish; masofadan turib ishlash boshlanadigan va tugallanadigan kalendar sanani belgilash; yuz berishi bilan masofadan turib ishlash rejimi muddati tugashiga olib keladigan hodisani aniqlash (epidemiya munosabati bilan joriy etilgan karantin choralarining bekor qilinishi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarish avariyasi oqibatlarining bartaraf etilishi va boshqalar). Vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tishning eng ko'p muddati bir yildan oshmasligi kerak. Vaqtincha masofadan turib ishlash muddati tugagach, ish beruvchi xodim uchun u masofadan turib ishlash rejimiga o'tguniga qadar ishlagan avvalgi ish rejimini belgilashi shart. Agar masofadan turib ishlashga o'tish vaqtincha bo'lgan bo'lsa, ish beruvchi xodimning o'tkazilish muddati tugashi bilan unga avvalgi mehnat vazifasi bo'yicha ishini ham berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.