«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

16⁴-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish

(16¹ — 16⁴-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон — вилоятлар ва Тошкент шаҳар халқ депутатлари Кенгашлари депутатларининг навбатдаги сайлови якунлари бўйича амалга киритилади)

Xalq deputatlari Kengashi raisi ovoz berish orqali Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko'prog'ining ovozi bilan qabul qilingan Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to'g'risidagi masala Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Kengash tomonidan ko'rib chiqiladi. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to'g'risidagi masala ko'rib chiqilayotganda sessiyada Kengashning doimiy komissiyalari raislaridan biri raislik qiladi. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to'g'risida qaror qabul qilinadi, qaror sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.