«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

16¹-modda. Xalq deputatlari Kengashining raisi

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashi raisi Kengashning vakolatlari muddatiga saylanadi. Xalq deputatlari Kengashi raisi o'z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a'zolikni to'xtatib turadi, shuningdek doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.