Xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasi xalq deputatlari Kengashi raisini saylashdan boshlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash uchun deputatlar orasidan xalq deputatlari Kengashiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etiladi. Siyosiy partiyalar vakillari guruhining tarkibi to'g'risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Siyosiy partiyalar vakillari guruhining majlisida xalq deputatlari Kengashiga saylovda eng ko'p deputatlik o'rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzodlar siyosiy partiyalar vakillari guruhining tavsiyasi asosida deputatlar orasidan shakllantiriladi.
Ayni bir shaxs bir vaqtning o'zida boshqa viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzod, agar u ovoz berish natijasida Kengash deputatlari umumiy sonining ko'pchilik ovozini olgan bo'lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Xalq deputatlari Kengashi raisi saylanganligi to'g'risida qaror qabul qilinadi, uni xalq deputatlari Kengashi sessiyasida raislik qiluvchi imzolaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
16³-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.