O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo'lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o'rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
135-modda. XXIII bob. Sud hokimiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.