Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo'yicha hisobdor bo'lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a'zolarining xavfsizligini ta'minlaydi.
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to'xtatib turishga, boshqa lavozimga o'tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko'ra yo'l qo'yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo'lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a'zosi bo'lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
136-modda. XXIII bob. Sud hokimiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.