O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

134-modda. XXIII bob. Sud hokimiyati

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi, bundan maxsus huquqiy rejim o'rnatishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilanadigan hollar mustasno. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o'rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.