Guvoh voyaga yetmagan shaxs bo'lgan hollarda, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun guvohning qonuniy vakili ishda ishtirok etishga jalb qilinadi.
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan shaxs, vasiylar, homiylar, vasiylik va homiylik organining vakillari ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ishda o'zi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga ishtirok etadi.
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo'l qo'yilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Guvohning manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari o'zaro mos kelmagan taqdirda, qaror yoxud ajrim bilan boshqa qonuniy vakil yoki advokat jalb qilinadi.
Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ushbu Kodeksda qonuniy vakil uchun nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
66²-modda. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili
(66²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1130-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2026 й., 03/26/1130/0376-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.