Jinoyat-protsessual kodeksi

66-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari

(66-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; so'roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o'z ona tilida ko'rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning so'roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; dalillarni taqdim etish; ko'rsatuvlarini o'z qo'li bilan yozib berish; o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko'rsatuv bermaslik; so'roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish; ko'rsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o'z manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi; ish bo'yicha o'ziga ma'lum hamma narsa haqida haqqoniy so'zlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish bo'yicha o'ziga ma'lum bo'lgan holatlarni so'roq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Guvoh uzrsiz sababga ko'ra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin. Guvoh ko'rsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolg'on ko'rsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.