Jinoyat-protsessual kodeksi

66¹-modda. Guvohning advokati

(66¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонуни билан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)

Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam ko'rsatish vakolatiga ega bo'lgan shaxsdir. Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish bo'yicha guvohning advokati bo'lishi mumkin emas. Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini ko'rsatganidan va orderni taqdim etganidan so'ng, guvoh chaqirilgan paytdan e'tiboran qo'yiladi. Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi bo'yicha chaqirilganligini bilish; guvohning so'roq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan o'tkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; so'roq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni so'roq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; so'roq tugaganidan so'ng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risidagi, so'roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan arzlarini bayon etish huquqiga ega. Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam ko'rsatishi; dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.