Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'lgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qo'llash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo'lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qo'llanilgani to'g'risida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil bo'lmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.