Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini so'roq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga ko'ra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini ta'minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, so'roq tugaganidan so'ng esa, so'roq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning to'g'riligi va to'liqligi haqida o'z fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni so'roq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda so'roq bayonnomasida qayd qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
554-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini so'roq qilishda pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki
(554-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 7 декабрдаги ЎРҚ-735-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.12.2021 й., 03/21/735/1141-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.