Jinoyat-protsessual kodeksi

556-modda. Voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi

(556-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga o'z vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini ta'minlash mas'uliyatini yozma ravishda o'z zimmasiga olishidan iboratdir. Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning o'zining roziligi bilangina amalga oshiriladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan o'zaro munosabati haqida ma'lumot to'plashi va ular o'smirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Ota-onalar, vasiylar, homiylar o'zlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan o'zaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda bo'lishini ta'minlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs o'z qarovlarida bo'lishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir. Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qo'llanishiga asos bo'lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin bo'lgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu ma'lumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Ayblanuvchi o'z vazifasini bajarmagan taqdirda uni o'z qaramog'iga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.