Jinoyat-protsessual kodeksi

553-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so'roq qilish

(553-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 6 декабрдаги ЎРҚ-587-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 07.12.2019 й., 03/19/587/4122-сон)

Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so'roq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi. Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So'roq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda o'z mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so'roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.