Jinoyat-protsessual kodeksi

361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi qaror

(361-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda: 1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug'ilgan kuni, oyi va yili; 2) ayblovning mazmuni, ya'ni shaxsning zimmasiga qo'yilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni; 3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim. Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida ko'rsatilishi lozim. Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risida to'xtamga kelinganligi ifodalanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.