Basharti tergov o'tkazish chog'ida dastlabki ayblovni qayta ko'rib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to'plangan bo'lsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi noto'g'riligi ma'lum bo'lib qolsa, dastlabki ayblov o'zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki to'ldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos bo'ladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
Ayblovni tugatish to'g'risida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yo'la shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qo'llanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli ko'rgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
362-modda. Ayblovni o'zgartirish, tugatish va to'ldirish
(362-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 27 декабрдаги ЎРҚ-277 сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 52-сон, 509-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.