Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qo'zg'atilgunga qadar ushlangan bo'lsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan bo'lsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qo'zg'atish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida to'xtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi.
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qo'zg'atilmagan bo'lsa, jinoyat ishini qo'zg'atish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror ko'rsatilishi kerak.
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta so'roq qilinguniga qadar e'lon qilinadi. Ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi qaror
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.