Jinoyat-protsessual kodeksi

313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash

(313-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-564-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.09.2019 й., 03/19/564/3690-сон)

Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning o'rnini qoplash, ma'naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo'mondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.