Jinoyat-protsessual kodeksi

314-modda. Muddatlarni hisoblash

(314-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning o'tishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog'ida va tibbiy muassasada bo'lish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas. Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham e'tiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim bo'lsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom bo'lishi bilan tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga to'g'ri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, muddat shu oyning so'nggi sutkasida tamom bo'ladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) to'g'ri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog'ida va tibbiy muassasada bo'lish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.