Jinoyat-protsessual kodeksi

312-modda. Talab qilish muddati

(312-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to'lashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar bunday to'lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin. Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan e'tiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko'ra bu muddat o'tkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.