Jinoyat-protsessual kodeksi

185-modda. Xulosa berishning iloji yo'qligi to'g'risidagi hujjat

(185-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги ЎРҚ-250-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 22-сон, 174-модда)

Agar ekspert qo'yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo'lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to'ldirib bo'lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo'yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo'qligi to'g'risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.