Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini o'tkazib bo'lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada: ekspertiza o'tkazilgan sana va joy; ekspertizani o'tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) to'g'risida ma'lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma'lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o'tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma'lumotlar; ekspertning bila turib noto'g'ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma'lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz, ish yopiq sud majlisida ko'rilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo'yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo'yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlari va ish materiallari; ekspertiza o'tkazilayotganda hozir bo'lgan shaxslar haqida ma'lumotlar; qo'llanilgan usullar ko'rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo'lsa, kim tomonidan o'tkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo'yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo'lgan va ekspertning tashabbusiga ko'ra aniqlangan holatlar ko'rsatilishi lozim.
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qo'shib qo'yish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma'lum bo'lib qolsa, xulosa ayrim qo'yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim.
Ekspert tekshiruvi tugaganidan so'ng xulosa, tekshirish ob'yektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
(184-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.