Jinoyat-protsessual kodeksi

186-modda. Ekspertni so'roq qilish

(186-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги ЎРҚ-250-сон Қонунига асосан иккинчи ва учинчи қисмлар билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 22-сон, 174-модда)

Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq bo'lmay, kamchiliklarini to'ldirish uchun qo'shimcha tekshirish o'tkazishga zarurat bo'lmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur bo'lib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda so'roq qilish huquqiga ega. Ekspert faqat o'zi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan o'tkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan so'roq qilinishi mumkin. Ekspertni u xulosa berguniga qadar so'roq qilish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.