Jinoyat-protsessual kodeksi

183-modda. Ekspertiza muassasasidan tashqarida ekspertiza o'tkazish

(183-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida o'tkaziladigan bo'lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza o'tkazish to'g'risida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza o'tkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga bo'lgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yo'qligini aniqlaydi. Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to'g'risidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida ko'rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib noto'g'ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma'lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz ish yopiq sud majlisida ko'rilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bo'yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yoxud ruhiy holatini tekshirish zarurati paydo bo'lsa, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.