Jinoyat-protsessual kodeksi

130-modda. Tanib olish uchun ko'rsatish chog'ida tanib oluvchining ko'rsatuvi

Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani ko'rsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani ko'rsatish taklif etiladi. Tanib oluvchi ko'rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko'rsatsa, unga ko'rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko'ra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi. Tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko'rsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari ko'rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.