Jinoyat-protsessual kodeksi

13-modda. Jinoyat ishlarini hay'atda va yakka tartibda ko'rib chiqish

(13-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Jinoyat ishlari hay'atda ko'riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko'riladi. Agar sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo'yicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini ko'rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning ko'rilishi uni yakka tartibda ko'rib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi. Ish birinchi instantsiya sudi tomonidan hay'atda ko'rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko'rib chiqadi. Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni ko'rish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar. Tegishli sud hay'atlarida apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni ko'rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida besh nafar sudyadan iborat tarkibda ko'rib chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat a'zolarining ko'pchiligi hozir bo'lgan taqdirda ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

JINOYAT ISHLARINI HAY'ATDA VA YAKKA TARTIBDA KO'RIB CHIQISH Nimani anglatadi Jinoyat ishlarini ko'rishning ikki usuli bor. Ko'p hollarda sud hay'ati — sudya va ikki xalq maslahatchisidan tuzilgan guruh — ishni ko'radi. Lekin engil jinoyatlar uchun faqat sudya yakka o'zini ko'rib chiqadi. Agar yakka ko'rilayotgan ishda og'ir jinoyat aniqlansa, shu sudya davom ettiradi. Kimga tegishli Bu qoida barcha jinoyat ishlari uchun qo'llaniladi va sudning tuzilmasini belgilaydi. Amalda Odam o'g'irlik uchun sudga tortilsa, agar bu oddiy o'g'irlik bo'lsa, faqat sudya qaror qabul qiladi. Lekin sud muhokamasi vaqtida ma'lum bo'lsa-ki, bu aslida katta miqdorda pul o'g'irlangan, u holda hay'at tuziladi va xalq maslahatchilari ham qaror qabul qilishda ishtirok etadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.