Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o'tkazilgan tanib olish uchun ko'rsatish to'g'risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o'tkazilgan tanib olish uchun ko'rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko'rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko'rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo'yi, millati, turar joyi, ko'zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko'rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko'chmas ob'yektlar ko'rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko'rsatgan yo'nalishlar va izlanayotgan ob'yektga biror aniq joydan borish yo'llari to'g'risidagi ma'lumotlar kiritilishi lozim.
Agar shaxsni tanib olish ko'rib turishni istisno etadigan sharoitlarda o'tkazilgan bo'lsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak.
Tanib olish uchun fotosuratlar ko'rsatilgan bo'lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim.
Tanib oluvchining ko'rsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
131-modda. Tanib olish uchun ko'rsatish holatini mustahkamlash
(131-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.