Qurol, o'q-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —
ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish
(296-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.