Harbiy mulkni behuda sarflash, ya'ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o'zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo'yishi —
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o'q-dori, harakat qilish vositalari, texnika ta'minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo'qotish yoki ishdan chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo'qotish yoki ishdan chiqarish
(295-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Harbiy xizmatchisi o'ziga ishonib topshirilgan qurol, o'q-dori, texnika va boshqa harbiy mulkni sotishi, birovga berishi, garovga qo'yishi yoki saqlash qoidalarini buzib yo'qotishi jinoyat hisoblanadi. Bu xatti-harakatlar davlat mulkiga zarar yetkazadi va harbiy tartibni buzadi.
**Kimga tegishli**
Bu modda muddatli harbiy xizmat o'tuvchi harbiy xizmatchilarga tegishli.
**Amalda**
Harbiy xizmatchisi o'ziga topshirilgan avtomatni sotdi — bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Agar jangovar vaziyatda qurol yo'qotsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.