Jinoyat kodeksi

297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo'lgan qurol-yarog', shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo'lish qoidalarini buzish

(297-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)

Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo'lgan qurol-yarog', shuningdek, o'q-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo'lish qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o'rtacha og'ir shikast yetkazilishiga; b) og'ir shikast yetkazilishiga; v) odam o'lishiga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odamlar o'limiga; b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.