Ijro harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan ob'yektiv holatlar bo'lgan taqdirda, davlat ijrochisi o'z tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga ko'ra, shuningdek taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish hamda ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil hamda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy bo'linmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini ko'zlab kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish to'g'risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo'yilgan xatlov kechiktirish to'g'risidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati bo'lib-bo'lib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni bo'lib-bo'lib ijro etish to'g'risidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar bo'yicha ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish
(32-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.